Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 19.10.2026
Qanday ma'lumotlarni yig'amiz
Tedu (tedu.uz) — to'garak va o'quv markazlari uchun boshqaruv tizimi. Xizmatdan foydalanish uchun quyidagi ma'lumotlar kiritiladi: to'liq ism-familiya, login, telefon raqami (sizniki yoki farzandingiznikidir — ota-ona/o'qituvchi telefoni), o'quv markazi/maktab nomi, profil rasmi (ixtiyoriy), davomat va to'lov yozuvlari, test natijalari.
Nega yig'amiz
Bu ma'lumotlar FAQAT xizmatning o'zini ishlatish uchun kerak: guruh va davomatni yuritish, to'lovlarni hisoblash, ota-onaga bildirishnoma yuborish, test natijalarini saqlash. Boshqa hech qanday maqsadda (reklama, sotish va h.k.) ishlatilmaydi.
Qayerda saqlanadi va kim ko'radi
Barcha ma'lumotlar tedu.uz'ning o'z serverida (O'zbekiston hududida) saqlanadi. Ma'lumotlaringizni faqat sizning aniq o'qituvchingiz/o'quv markazingiz va tizim egasi (admin) ko'ra oladi. Ma'lumotlar tashqi tomonlarga (reklama kompaniyalari, boshqa saytlar) hech qachon berilmaydi yoki sotilmaydi.
O'quvchilar (voyaga yetmaganlar) haqida
O'quvchilar tizimga o'zi ro'yxatdan o'tmaydi — ularning ma'lumotlarini o'qituvchi kiritadi. Ma'lumot kiritilayotganda, tegishli ota-ona/vasiydan rozilik olingan bo'lishi — o'qituvchi/o'quv markazining javobgarligidir.
Xavfsizlik
Parollar hech qachon ochiq matn holida saqlanmaydi (faqat shifrlangan holda). Sayt HTTPS orqali ishlaydi. Kirish urinishlari va shubhali faoliyat kuzatiladi.
Sizning huquqlaringiz
Istalgan vaqtda o'z ma'lumotlaringizni ko'rish, to'g'rilash yoki butunlay o'chirishni so'rashingiz mumkin — buning uchun profilingizdagi sozlamalar bo'limidan foydalaning yoki quyidagi orqali murojaat qiling.
Bog'lanish
Savol yoki so'rovlaringiz bo'lsa: Telegram orqali murojaat qiling.